Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Obamani Liviyadagi xatosini tan olgani uchun olqishladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolari bilan o‘tkazgan «bevosita muloqot»ida AQSh prezidenti Barak Obamaga "hurmatga loyiq inson" deya baho berdi. U Liviyadagi xatolarini tan olishga o‘zida jur'at topa oldi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Barak Obama senatorlik vaqtida Qo‘shma Shtatlarning Iroqdagi siyosatini qoralab kelgan. Ammo, prezident bo‘lganidan keyin, o‘zi ham Liviyada xatoga yo‘l qo‘ydi.
Rossiya rahbarining fikricha, Obamaga xatosini tan olishida jasurligi qo‘l kelgan.
«Axir har kim ham xatosini tan olavermaydi, bu yaxshi, ammo xatolar navbati davom etayotgani yomon, ular Suriyada ham shunday xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin edi», —deb alohida qayd etgan Vladimir Putin.