Iqtisodiyot | 00:24 / 14.04.2016
2585
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning tashqi qarzi 516 mlrd dollarga yetdi

2016 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyaning tashqi qarzi 0,04 foizga oshdi va 516 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Rossiya Bankining yangilangan ma'lumotlarida aytilmoqda.

Yil boshida Rossiya tashqi qarzi 515,85 mlrd dollarni tashkil qilgan. Markaziy bankning ta'kidlashicha, Rossiya tashqi qarzlar qo‘rsatkichi oxirgi 5 yil ichidagi minimal darajada bo‘lmoqda.

"Mamlakat tashqi qarzining 2016 yil 1-choragidagi kichik (0,2 mlrd dollarga) ko‘payishi tashqi qarzlarni to‘lash bo‘yicha operatsiyalarning saldosidan oshib ketgan ijobiy valyuta qayta baholashi natijasida yuzaga keldi", deyilmoqda Rossiya Banki xabarida.

Tashqi qarzning 93 foizdan ko‘prog‘i bank va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga to‘g‘ri keladi.