09:51 / 14.04.2016
1391

Xosep Gvardiola: «Ronaldudan uzr so‘rayman, axir u yarim finalda «Benfika»ga qarshi o‘ynamoqchi edi»

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvradiola YeChLning chorak finalida «Benfika»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:2 hisobida yakunlangan javob uchrashuvidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men juda xursandman. Odamlar YeChL qanchalik qiyin turnirligini shunchaki tasavvur qila olishmaydi

Jamoani tabriklash mumkin, biz yana bir marta turnir yarim finalidamiz. Qatorasiga 5 marta YeChL yarim finalida o‘ynash bu ishonish qiyin bo‘lgan natijadir. Bu natija turli futbolchilar va turli murabbiylar orqali qayd etildi, bu yanada hayratlanarli ko‘rsatkich. Jamoa hamisha ilg‘orlik ko‘rsatib keldi. Jamoadagi barqarorlik darajasi o‘ta yuqori.

Lekin biz o‘tgan yili ham YeChL va Germaniya Kubogida yarim finalga chiqqanmiz. Endi biz bu mavsumda yanada yuqori natija qayd etmoqchimiz

Biz o‘zimiz xohlagan joyga yetib keldik. Jamoa Ximenesning birinchi goligacha yaxshi o‘ynadi va to‘pni nazorat qildi. Umuman olganda «Benfika» bizga jiddiy muaamolar yarata olmadi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng bunga munosib javob berdik. Vidalning goli katta yordam berdi. Keyin o‘yinni yanada ko‘proq nazorat qildik va golli vaziyatlarga ega bo‘ldik. Endigi vazifamiz - finalga chiqish», – deydi Gvardiola.

U matbuot anjumani vaqtida «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu ustidan kichik hazil qilib o‘tgan.

«Bilaman, Ronaldu yarim finalda «Benfika»ga qarshi to‘qnash kelmoqchi edi. Buning uchun undan uzr so‘rayman», – degan ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Bavariya» bilan bir qatorda chorak final doirasidagi javob uchrashuvlaridan keyin YeChL yarim finaliga «Atletiko» va «Manchester Siti» jamoalari ham yo‘l olishdi.

Qur'a 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Krishtianu Ronaldu: «Yarimfinalda «Benfika»ga qarshi o‘ynashimizni istayman»

Top