17:28 / 14.04.2016
1687

Yoshi katta ayolni o‘ldirgan qoraqalpog‘istonlik 20 yilga qamaldi

Qoraqalpog‘istonlik Joniboy Kimsanov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 1981 yilda tug‘ilgan bo‘lishga qaramay, ikki marta sudning qora kursisiga o‘tirib ulgurgan. Keyinchalik avtohalokatga uchradi. Jiddiy jarohat olib davolandi. Oyoqqa turgach, boshi og‘rishini bahona qilib ichkilikka ruju qo‘ydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Kunlardan bir kun jiyanidan xabar olgani akasining uyiga bordi. Dasturxonga ichkilik qo‘yildi. Joniboy tezda mast bo‘lib qoldi. Qorong‘i tushganida mezbonlar bilan xayrlashib, tashqariga yo‘naldi.

U yo‘lakdan tashqariga endi chiqqan edi hamki, o‘sha uyda istiqomat qiluvchi bir kampir uning ichganini bilib, ta'na qiladi. Jonboyning jahli chiqadi. Qanday qilib u tomon yugurgani, yetib olgach, beliga tepganini eslay olmaydi. Kampir yiqilganidan keyin ichkariga sudrab kirdi va ...uning yoshi ulug‘ligi, onasi qatori ekanligini ham xayoliga keltirmay, chang soldi...

Duch kelgan joyiga ayamay alamidan chiqqunicha urib-tepdi. Charchadi. Gandiraklagancha yo‘lga tushdi. To‘g‘ri singlisining uyiga kirib bordi. Yuvinish xonasiga kirib, qonyuqi bo‘lgan kiyimlarini yuvdi. Shundagina voqea joyida ustidagi kiyimini unutib qoldirgani yodiga tushdi, biroq u yerga borishga yuragi dov bermadi.

Sud Joniboy Kimsanovni JKning bir necha moddalari bilan aybdor deb topdi va unga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Top