Jamiyat | 11:15 / 14.04.2016
1671
1 daqiqa o‘qiladi

“Brigada” seriali yulduzlaridan biri narkotik savdosi uchun 8 yilga qamaldi

Solnechnogorsk harbiy garnizon sudi 43 yoshli mayor Dmitriy Gumantskiyga giyohvand moddalari bilan savdo qilgani uchun hukm o‘qidi. U “Brigada” serialida Sasha Beliyning tansoqchisi rolini ijro etgani bilan mashhur edi.

O‘tgan yilning oktabr oyida narkobaron ushlangan edi. Qo‘lga olingan shaxs baland bo‘yli, sochi taqir etib olingan bo‘lib, surishtiruvdan so‘ng uning qachonlardir kinoyulduz bo‘lganligiga oydinlik kiritilgan.

Uning mashinasi va garajdan deyarli 300 kg. miqdorida spays giyohvandlik moddasi topilgan. "Komsomolskaya pravda" gazetasining yozishicha, bu moddadan ko‘chalarda sotiladigan giyohvand moddalarning yetti tonnasini tayyorlasa bo‘ladi.

Yakunda Gumantskiyga sakkiz yil qamoq jazosi tayinlandi. U sud hukmidan norozi ekanligini izhor etmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish