17:43 / 15.04.2016
1373

Belgiya transport vaziri teraktlar tufayli iste'foga chiqdi

Belgiya transport vaziri Jaklin Galan Bryussel aeroportidagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar haqida teraktlardan ancha oldin bilganligi bilan bog‘liq tanqiddan so‘ng iste'foga topshirdi. Bu haqida Le Soir nashri ma'lum qildi.

OAVning xabar berishicha, amaldor xonimni Yevroittifoq komissiyasi ma'ruzasini yashirganlikda ayblashmoqda. Unga ko‘ra, mart oyidagi teraktlardan ancha ilgari Bryussel aeroporti xavfsizligiga tanqidiy baho berilgan.

Bundan oldinroq, Belgiya IIV rahbari Yan Yambon uni Bryussel teraktlaridan keyin iste'foga chiqarishni taklif qilgandi.

22 mart, seshanba kuni Belgiya poytaxtining aeroporti va metrosida qator portlashlar sodir etildi. Natijada, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 35 kishi halok bo‘ldi, 230 kishi jarohat oldi.

Top