Yevropa Ligasi: "Liverpul" qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga "Borussiya"ni yengib yarimfinalga chiqdi
14 aprel oqshomida Yevropa ligasining chorak finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi.
Eng shiddatli kechishi kutilgan "Liverpul" va "Borussiya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv ishonchlarni oqladi va muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Yurgen Kloppning sobiq shogirdlari va hozirgi shogirdlari to‘qnashuvida mersisaydliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘l olishdi.
9-daqiqaga kelib mehmonlar Genrix Mxitaryan va Obemayangning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Divok Origi hisobni qisqartirdi. Ammo Marko Roys 57-daqiqada ikki to‘p hisobdagi farqni yana 2taga yetkazdi -1:3.
"Liverpul" 66-daqiqada Filippe Koutinoning, 77-daqiqada Mamadu Sakoning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga erishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Deyan Lovren "qizillar"ga g‘alaba kelirgan golni muallifiga aylandi - 4:3
Birinchi uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etilgan edi va g‘alaba "Liverpul"ni yarimfinalga olib chiqdi.
Yevropa ligasi. 1/4 final. Javob uchrashuvi
Liverpul (Liverpul, Angliya) – Borussiya D (Dortmund, Germaniya) – 4:3
Gollar: 0:1 – 5 Mxitaryan, 0:2 – 9 Obameyang, 1:2 – 48 Oriji, 1:3 – 57 Roys, 2:3 – 66 Koutino, 3:3 – 77 Sako, 4:3 – 90 Lovren.
Liverpul – Minole, Lovren, Moreno, Klayn, Sako, Milner, Jan (Leyva, 80), Koutino, Lallana (Allen, 62), Firmino (Starrij, 62), Oriji.
Borussiya D – Vaydenfeller, Papastatopulos, Shmeltser, Pishchek, Xummels, Vaygl, Kastro (Gyundogan, 82), Mxitaryan, Kagava (Ginter, 77), Roys (Ramos, 83), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Xummels (53), Pishchek (75), Shmeltser (90).