19:26 / 15.04.2016
7118

Odil Ahmedov oilasi yana farzand kutmoqda!

Bir necha bor O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan, “Krasnodar” va O‘zbekiston Milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning rafiqasi bu gal qiz farzand kutmoqda.

Ayni paytda 2 nafar o‘g‘il farzandini tarbiyalab, kamolga yetkazayotgan Zamira Ahmedova “Darakchi” gazetasida bergan intervyusida bu gal qiz farzand kutayotganligini ma'lum qildi.

Ona bo‘lish baxti, ushbu kelajakda kutilayotgan quvonchli lahzalar terma jamoamiz sardoriga ham MTJ oldida turgan muhim o‘yinlarda kuch va dalda bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Top