16:44 / 15.04.2016
2222

Onasini ilk bor tiniq ko‘rgan chaqaloqning quvonchi

Chaqaloqlarni kulishga o‘rgatish uchun bir necha oylar kerak bo‘ladi. Ammo chaqaloq deyarli ko‘ra olmasa nima qilish mumkin? Sietllik Leopold Vilbur Reppond (Leopold Wilbur Reppond) ko‘rish qobiliyatini pasaytiruvchi “ko‘z albinizmi” kasalligi bilan tug‘ilgan. U hech qachon o‘z oilasini aniq ko‘ra olmagan. Faqatgina otasini uning soqollaridan, onasini esa yuzlarini ushlab taniy olgan.

Bolalar uchun ko‘zoynaklar ishlab chiqaruvchi Miraflex kompaniyasi tufayli kichkina Leo ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Quyidagi ta'sirli videoda Leoning onasi Erin ko‘zoynakni o‘g‘liga taqib qo‘yadi. Bir necha vaqtdan so‘ng, u o‘zida qandaydir o‘zgarish his etadi va, ilk bor onasining yuziga qarab, jilmayadi. 

Chaqaloq Leo hech qachon onasini aniq ko‘ra olmagan.

U ko‘rish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi kamyob ko‘z kasalligidan aziyat chekadi.

Lekin unga maxsus ko‘zoynak taqilganda kutilmagan o‘zgarish yuz berdi.

Leoning bu tabassumi barchaning qalbini hissiyotlarga to‘ldiradi.

Top