20:55 / 15.04.2016
2127

Puma kiberpanklar uchun krossovkalar chiqardi

Sport kiyimi va poyafzali ishlab chiqaruvchi Puma kompaniyasi yapon dizayn-byurosi GraphersRock bilan birga krossovkalar to‘plamini chiqardi. Krossovkalar yuqori texnologik Disc Blaze modeliga asoslangan va kiberpank uslubida yaratilgan. Bu haqda Highsnobiety ma'lum qildi.

Krossovkalar 4 ta rangda taklif qilinadi, Tokyo Japan yozuvi hamda piktogramma va tipografik belgilar bilan bezalgan.

15 aprelda krossovkalar Yaponiyada sotuvga chiqarildi, qolgan dunyoda esa 22 aprelda Puma’ning ba'zi do‘konlarida sotila boshlanadi. Yaponiyada krossovkaning narxi 19 ming iyenni (174 dollar) tashkil qiladi.

Puma kompaniyasiga 1948 yilda Germaniyada Adidas markasi asoschisi Adolf Dasslerning ukasi Rudolf Dassler tomonidan asos solingan. Kompaniyaning bosh ofisi Germaniyaning Xertsogenaurax shahrida joylashgan. Ayni vaqtda brend "Arsenal" va "Borussiya" futbol klublari, yengil atletika bo‘yicha Yamayka terma jamoasi, boks bo‘yicha Kuba terma jamoasi, futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasiga homiylik qiladi, "Formula-1"ning Ferrari jamoasi bilan hamkorlikda kiyim va poyafzal to‘plamini chiqaradi.

Top