09:37 / 15.04.2016
1438

Tomas Tuxel: «Liverpul»dagilarning barchasi yutqazayotgan vaqtlarida g‘alabaga ishonishayotgandi. Bu taqdir»

Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Liverpul»ga qarshi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra o‘z jamoasi Yevropa Ligasini tark etganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Uchrashuv natijasini tushuntirib bera olmayman, chunki bu mantiqqa zid bo‘ldi. O‘yin hissiyotlarga boy kechdi.

Hisob 3:3 bo‘lishidan oldin bu yerdagilarning barchasi shunday bo‘lishiga ishonmoqda edi. Bu taqdir. Qachonki senda ishonch kuchli bo‘lsa, istagan narsangga erisha olasan.

Biz keyingi bosqichga o‘tish maqsadi bilan Angliyaga kelgandik. Lekin maqsadga erisha olmadik. Sportda g‘alabalar muhim, lekin biz 2 o‘yinda ham g‘alaba qila olmadik.

Mag‘lubiyatni tan olish va «Liverpul»ni tabriklash kerak. Mag‘lubiyatni chempionlarcha qabul qilish kerak», – deydi Tuxel.

Top