16:58 / 15.04.2016
1689

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi

15 aprel Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun reyting ochkolar o‘ynaladigan Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

Uch kun davomida o‘tkaziladigan navbatdagi qit'a chempionatida 31 davlatdan jami 235 nafar polvonlar g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar.

O‘zbekiston sharafini 18 nafar sportchi (9 nafar erkak – 9 nafar ayol) himoya qiladi.

Terma jamoa tarkibidan Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg), Abduvali Yusupov (-66 kg), Mirali Sharipov (-73 kg), Yahyo Imomov (-81 kg), Shahzodbek Sobirov (-81 kg), Sherali Jo‘rayev (-90 kg), Ramziddin Saidov (-100 kg), Soib Qurbonov (-100 kg), Abdullo Tangriyev (+100 kg), Nodira Gulova (-48 kg), Muqaddas Kubeyeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Gulnor Sulaymonova (-52 kg), Amangul Allanazarova (-57 kg), Muhayyo Ibragimova (-63 kg), Gulnoza Matniyozova (-70 kg), Nodira Yuldasheva (-78 kg) o‘rin egallashgan.

Ma'lumot uchun: Osiyo chempionatida oltin medal sohibi 400 ochkoga, kumush medal sovrindori 240 ochkoga, uchinchi o‘rinni egallagan sportchilar esa 160 reyting ochkoga ega bo‘ladilar.

Top