09:55 / 15.04.2016
2025

Toshkentdagi bekatlardan birida telefon quvvatlantirgichlar paydo bo‘ldi

Kun.uz’ning mobil muxbiri Abduqunduzov Sardorbekning xabar berishicha, Mirobod tumanida, aniqrog‘i, Angel’s food tamaddixonasi yonidagi bekatda telefon qurilmalarini quvvatlantiruvchilar paydo bo‘lgan. Ushbu quvvatlantiruvchilar uch xil bo‘lib, turli telefon qurilmalariga mo‘ljallangan. Ular bekat burchagida, maxsus joyda o‘rnatilgan bo‘lib, telefon qurilmalarining quvvat olishiga qulay etib joylashtirilgan.

Top