11:16 / 16.04.2016
1567

AQShda 1957 yilda bola qotili sifatida sudlangan erkak oqlandi

AQShda 1957 yilda yetti yoshli qizni o‘ldirganlikda gumon qilinib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan erkak 15 aprel kuni Illinoys shtatida ozodlikka qo‘yib yuborildi.

Chikago shahar sudi binosida 76 yoshli Jyek Makkaloxning qo‘lidan kishanlarni yechishdi va qarindoshlari bag‘riga, ozodikka qo‘yib yuborildi.

50-yillarda AQShda bola o‘g‘irlanish holatlari deyarli uchramas edi, shu bois bu voqea jamiyat ichida qattiq aks-sadoga sabab bo‘ldi. 1957 yilning dekabr oyida dugonalari bilan o‘ynab turgan yetti yashar Merining oldiga o‘zini Jonni deb tanishtirgan erkak yaqinlashadi va mashinasida sayr qilib kelishni taklif etadi. Oradan besh oy o‘tib Merining o‘lik tanasini o‘rmondan topishadi. Sud ekspertezasi uni bug‘ib o‘ldirilganini ma'lum qilgandi. Bu jinoyatda Jyek Makkalox ayblangan edi.

Top