19:06 / 16.04.2016
1943

Yevropa Ittifoqi Eronga Jahon savdo tashkiloti a'zosi bo‘lishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi

Yevropa Ittifoqi Eronga Jahon savdo tashkiloti a'zosi bo‘lishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerini va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning qo‘shma bayonotida aytildi.

"Yevropa Ittifoqi Eronni Jahon savdo tashkiloti a'zosi bo‘lishda qo‘llab-quvvatlaydi va ko‘mak beradi", deyilmoqda xabarda. 

Bayonotda, shuningdek, ikki tomon savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘zlarining ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlashga intilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Eron va Yevropa Ittifoqi o‘zaro savdo va investitsiya aloqalarini yaxshilash uchun yaqin oylarda delegatsiyalar tashrifi bilan almashadi.

Avvalroq Mogerini Zarif bilan Tehrondagi uchrashuv natijalariga ko‘ra Yevropa Eron bilan savdo-iqtisodiy va bank hamkorligidan manfaatdor ekanligini aytib o‘tgandi.

Top