18:16 / 16.04.2016
1333

Hindiston shimolida avtobus daraga tushib ketib, 4 nafar kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi

Hindiston shimolidagi Uttarkxand shtatida avtobus chuqur daraga ag‘anab ketgan va buning natijasida kamida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 25dan ortiq kishi og‘ir jarohat olgan. Bu haqida TASS nashri xabar berdi.

Huquqni himoya qilish organlarining ma'lumotlariga ko‘ra,16 aprel mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:30da avtobus noma'lum sabablarga ko‘ra katta yo‘ldan chiqib ketgan va Nyu-Delidan 311 km masofadagi Pauri hududida 100 metrdan ortiq chuqur daraga ag‘anab ketgan.

3 kishi o‘sha joyning o‘zidayoq halok bo‘lgan, yana bir yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilayotgan paytda hayotdan ko‘z yumgan. 25 kishi ko‘plab jarohatlar bilan eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan, qolganlarga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobusda 40dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Top