21:41 / 16.04.2016
1719

iPhone va Apple Watch egalari mazkur qurilmalardan o‘rta hisobda uch yil foydalanishlari mumkin

Apple kompaniyasining rasmiy saytidagi atrof-muhit himoyasi va mahsulot ekotizimiga bag‘ishlangan bo‘limda foydalanuvchilar juda ham qiziq ma'lumotni topishdi. Kompaniya tadqiqotiga asosan iPhone, iPad va Apple Watch egasi mazkur qurilmalarni o‘rta hisobda uch yil ishlatish imkoniyatiga ega va shundan keyin yangilarini sotib olish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. 

OS X (har bir Mac ichida mavjud bo‘lgan operatsion tizim)dagi kompyuterlar va tvOSdagi telepristavka esa deyarli to‘rt yil davomida “hayot kechiradi”.

“Foydalaniladigan kundalik modellar barcha mahsulot uchun spetsifik hususiyatga ega bo‘lib, real va modellashtirilgan ma'lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan. OS X va tvOS uchun foydalanish muddati to‘rt yilni tashkil etadi va iOS hamda watchOS-qurilmalari uchun esa uch yildan iborat”, - deya qayd etilgan Apple saytida.

Biroq kompaniya aynan qanday ma'lumotlarga asoslanib, Apple Watch va yangi Apple TV egalari bu qurilmalardan uch-to‘rt yil davomida foydalanishlari mumkin, degan qaror qabul qilgani tushunarsiz. Eslatib o‘tamiz, “olma” soatlar bir yil avval sotuvga chiqarilgan, tvOS tizimidagi Apple TV to‘rtinchi avlodi esa o‘tgan yilning sentabr oyida taqdim etilgan.

Top