23:22 / 16.04.2016
2005

La-Liga, 33-tur: "Real" "Xetafe"ni tor-mor etdi va "Barselona" bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi

Ispaniya chempionati 33-turida "Xetafe" o‘z maydoni "Koliseum Alfonso Peres"da "Real"ni qabul qildi. Uchrashuv madridliklarning 1:5 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Karim Benzema va Iskoning aniq zarbalari Zinedin Zidan shogirdlariga tanaffusga 2 gol ustunlik bilan ketishlariga imkon berdi. 2-bo‘lim boshida Garet Beyl hisobni yanada oshirdi. Uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganda mezbonlar Pablo Sarabiya goli evaziga bir javob golini qaytarishdi, biroq qolgan vaqt ichida Xames Rodriges va Krishtianu Ronaldu kiritgan gollar evaziga "Real" yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.

Bu g‘alaba "Real"ga (75 ochko) "Atletiko"dan o‘tib (73 ochko), 2-o‘ringa ko‘tarilishga imkon berdi. "Real" bilan chempionat peshqadami "Barselona" o‘rtasidagi farq bir ochkogacha qisqardi. Biroq "Atletiko" va “Barselona” bitta kam o‘yin o‘tkazishgan. "Xetafe" (28 ochko) esa oxirgi o‘rinda qoldi.

Ispaniya Primerasi. 33-tur
Xetafe – Real Madrid – 1:5
Gollar: Benzema, 29 (0:1); Isko, 40 (0:2); Beyl, 50 (0:3); Sarabiya, 83 (1:3); Rodriges, 88 (1:4); Ronaldu, 90+2 (1:5).

Top