Jamiyat | 14:15 / 16.04.2016
17785
4 daqiqa o‘qiladi

Mash'um “Titanik” fojiasi yuz berganiga 104 yil bo‘ldi

“Titanik” yo‘lovchilar laynerining falokatga uchrashi dunyodagi eng katta dengiz halokatlaridan biri bo‘lgan. Fojia oqibatida 2229 yo‘lovchi va ekipaj a'zolaridan 1517 nafari halok bo‘lgan. Omon qolgan 712 yo‘lovchini “Karpatiya” qutqaruv kemasi yig‘ib kelgan.

Bu mash'um halokat ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan munosabatlarni o‘zgartirdi, Atlantika okeanida yo‘lovchi tashish huquqlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi, kema bortida qutqaruv qayiqlarini yetarlicha miqdorda bo‘lishiga qo‘yilgan talabni yanada kuchaytirdi hamda Xalqaro muz xizmatining yaratilishishga sabab bo‘ldi.

2016 yilning 14 aprel sanasida tarixdagi eng mashhur kemalardan biriga aylangan “Titanik”ning suvga g‘arq bo‘lganiga 104 yil bo‘ldi. Mazkur fojia asosida bir qancha kitob va filmlar yaratilgan, ko‘rgazma va yodgorliklar tashkil etilgan.

“Titanik” 1912 yilning 10 aprelida Sautgempton (Angliya)dan o‘zining birinchi va oxirgi reysini amalga oshirgan. Nyu-York tomon suzish chog‘ida “Titanik” Sherbur (Fransiya) va Kvinstaun (Irlandiya)ga kirib o‘tadi. To‘rt kundan so‘ng, 1912 yilning 14 aprel kuni yo‘lda mahalliy vaqt bilan soat 23:40da kema aysberg bilan to‘qnashib ketadi. 

Soat 2:20da “Titanik” ikki qismga bo‘linib ketadi va suv tubiga g‘arq bo‘ladi. U vaqtda kema borti ichida mingga yaqin inson bo‘lgan. Muzdek suvda qolgan kishilar gipertomiyadan halok bo‘lishgan.

Kemada o‘sha davrning eng badavlat kishilari jam bo‘lgan edi: millioner Jon Jyeykob Astor, Benjamin Gugenxaym va Isidor Shtraus, shuningdek, mingdan ortiq Irlandiya, Skandinaviya va boshqa mamlakatlarning muhojirlari Amerikada yangi hayot boshlash uchun kemaga chiqishgan.

“Titanik” 1909 yildan 1911 yilgacha qurib bitkazilgan. Ilk sayohatini amalga oshirganida kema dunyoning eng ulkan yo‘lovchi layneri deb e'tirof etilgandi.

"Titanik" urilgan deb taxmin qilingan aysberg. 

Kemaning oshxonasi. Bortda sportzal, suv havzasi, kutubxona, yuqori mansabdagilar uchun restoranlar va hashamatli kabinetlar joylashgan.

“Titanik” bortidagi ikkinchi tabaqa vakillari uchun ajratilgan xona. Ikkinchi tabaqa vakillarining 90 foizini erkaklar tashkil etgan va birinchi qutqaruv qayiqlari ayollar va bolalarga berilgani uchun ular cho‘kayotgan kemada qolib ketishgan. 

Kema kapitani — o‘z davrida mashhur laynerlarni boshqargan Edvard Jon Smit. 

“Titanik” uzunligi 269,1 metr, kengligi 28,19 metrni tashkil etgan bo‘lib, 52 ming tonnani ko‘tara olishga qodir bo‘lgan.

Suratda kapitanning birinchi yordamchisi Uilyam Makmaster Merdok tasvirlangan. U Shotlandiyaning Dolbitti shahrida qahramonga aylangan. Biroq, ko‘plab “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritgan Jyeyms Kemeronnig “Titanik” filmida Merdok personaji qo‘rqoq va qotil sifatida ko‘rsatilgan. 

Cho‘kkan kemaning suv tubidagi suratlari

Kemadan topilgan buyumlar

Mavzuga oid