Batiskaf halokatidan beri ikki hafta ötdi, ammo halokat haqidagi turli taxminlar tarqalişdan töxtamayapti. Jurnalistlar uşbu batiskafga aloqador har qanday odamdan halokat sabablarini suriştirmoqda.
Muddati ötgan mahsulot
Washington Post naşri halokatga oid şov-şuvli ma’lumot e’lon qildi. OceanGate kompaniyasi boş direktori, halokatga uçragan batiskaf içida bölgan Stokton Raş jurnalist Arni Vaysmann bilan suhbatda «Titan»ni yasaşda muddati ötgan mahsulotdan foydalanganini tan olgandi.
Raş Travel Weekly jurnali boş muharriri Arni Vaysmann bilan halokatdan biroz avval gaplaşgan. Qiziği, Vaysmann ham halokatga uçragan batiskaf içida bölişi mumkin edi. Avvaliga jurnalist may oyidagi ekspeditsiyada iştirok etişga rozi böladi, ammo yomon ob-havo sabab bu sayohat amalga oşmaydi. Iyun oyidagi keyinçalik halokatga uçragan ekspeditsiyada esa jurnalist rejalari özgarib qolgani sabab iştirok eta olmaydi.
Arni Vaysmann WP muxbiri bilan suhbatda «Titan» halokatidan biroz avval Stokton Raş bilan gaplaşganini aytgan. Uning eslaşiça, Raş suhbat davomida Boeing kompaniyasidan «samolyotlarda foydalaniş uçun muddati ötgan» uglerodli tolani «yaxşi çegirma bilan» sotib olganini aytgan. Vaysmann bu muammo tuğdirmaydimi, deb söragan. Raş esa hammasi joyida ekanini aytgan.

«Afsuski, uning xarakteri şunaqa. Odamlar bu harakati uçun haqli tarzda tanqid qilişadi. Çunki u qilgan işiga javob berişi kerak», deydi bu haqda jurnalist.
«Titan»ni ummondan olib çiqqan «Odissey»
Batiskaf halokatga uçragani ma’lum bölgaç, uning qoldiqlarini olib çiqiş işlari boşlandi. Buning uçun esa masofadan turib boşqariluvçi «Odissey» batiskafi jalb qilindi. «Titan» qoldiqlari Atlantikaning 3600 metr tubida, «Titanik» qoldiqlaridan 500 metr uzoqlikdan topildi.

Foto: PELAGIC RESEARCH SERVICES
AQŞ okeanografiya instituti ilmiy xodimi Endi Bouenning sözlariga köra, «Titan» qoldiqlarini olib çiqiş uçun qutqaruvçi batiskafni suv yuzasidagi kemaga tross yordamida boğlaşgan. Şuningdek, trossni suv ostidagi qoldiqlarga boğlaş uçun robot jalb qilingan. Bouen bunçalik çuqurlikdan batiskaf qoldiqlarini olib çiqiş juda murakkab vazifa ekanini aytgan.




















