AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati Atlantika okeanida çökib ketgan «Titan» batiskafi qoldiqlarini topdi. Bu haqda boşqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Kema ğoyib bölganidan tört oy ötib, Şimoliy Atlantika okeani tubidan yangi dalillar topilgani, jumladan, odam jasadi qoldiqlari topilgani aytilmoqda.
Batiskaf qoldiqlari amerikalik mutaxassislar tomonidan tahlil qilinyapti, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
2023 yil 18 iyun kuni dengiz tubida suvosti «Titan» batiskafi halokatga uçradi. «Titan» 1912 yilda çökib ketgan «Titanik» qoldiqlariga uyuştirilgan ekspeditsiya paytida ğoyib bölgan edi. Maşina bortida beş kişi, jumladan, uç nafar sayyoh bor edi. Ularning barçasi halok böldi.


















