15:21 / 16.04.2016
2590

O‘zbekistonda 2016 yil boshidan kichik biznes sub'yektlariga 3,6 trillion so‘m bank kreditlari berildi

2016 yilning birinchi choragida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga o‘sdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,7 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 12,8 foizga ko‘paydi. Davlat byudjyeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tgan majlisda ma'lum qilindi.

Xizmatlarning zamonaviy turlarini, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xizmatlar hajmlarining 12,1 foizga o‘sishini va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015 yilning birinchi choragidagi 59,3 foizdan 59,5 foizgacha ko‘payishini ta'minladi.

Kichik biznesni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 8,4 mingta yoki 2015 yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz ko‘p yangi sub'yekti tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Yil boshidan boshlab kichik biznes sub'yektlariga 3,6 trillion so‘m bank kreditlari berildi, o‘sish 2015 yilning 1-choragidagiga qaraganda 1,3 baravarni tashkil etdi.

2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 57,7 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

Top