17:08 / 16.04.2016
1629

Peterburglik kishi qo‘lida bolta va gullar bilan sevgilisining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘ldi

Peterburgda politsiya sevgilisining qo‘lini bolta va gullar bilan so‘ragan kishini qo‘lga oldi. Bu haqida "Fontanka.ru" nashri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, erkak 10 yildan beri ko‘rmagan sevgilisini qidirib kiyim-kechak do‘koniga kirgan va shu yerda qizni topib, qo‘lini so‘rashga umid qilgan.

"Do‘konda notanish ayolni ko‘rib, g‘azabga to‘ladi. Unga bolta bilan tahdid solib, sevgilisiga qo‘ng‘iroq qilishni talab qiladi. Zo‘ravon kishi sevgilisining telefon raqamini yoddan bilar edi", — deyishdi politsiyada.

Politsiya xodimlari voqea sodir bo‘lgan joyga darrov yetib kelishdi. Erkak ularga o‘zini Joffrey deb tanishtirdi, biroq aslida Pasha bo‘lib chiqdi.
Qiz bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lindi. U 10 yil avval o‘sha erkak bilan ko‘rishganini, bir necha hafta ilgari esa sevgi izhor qilganini ma'lum qildi.

Top