Jamiyat | 19:56 / 16.04.2016
1326
1 daqiqa o‘qiladi

Pragada politsiyachi rafiqasi bilan ajrashgandan achchiqlanib 50 ta avtomobilni pachoqladi

Chexiya poytaxti Pragada politsiyachi ommaviy yo‘l-transport hodisasi uyushtirdi. 

Politsiya podpolkovnigi Karel Kadlets ataylab 50 dan ko‘proq avtomobilni pachoqlab ketdi. Kadletsning aytishicha, hammasiga uning sobiq rafiqasi aybdor: huquq-tartibot muassasalari xodimi rafiqasi bilan ajrashgandan achchiqlanib, shu tariqa hovuridan  tushgan.

Ekspertizaning aniqlashicha, politsiyachi voqeani sodir etgan vaqtda mast holatda bo‘lgan. Bu voqeadan keyin u politsiyadan bo‘shatildi. Kadlets, shuningdek, avtomobil egalariga yetkazilgan zararni ham qoplab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish