Jahon | 16:13 / 16.04.2016
1851
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning boshqa davlatlardan ustunliklariga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, «Vesti v subbotu» dasturiga bergan intervyusida bayonot berishicha, Rossiya mavjud muammolarga qaramay, boshqa davlatlarga nisbatan ustun jihatlarga ega, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Rossiya o‘zgarmoqda, Yevropa o‘zgarmoqda, butun dunyo o‘zgarmoqda. Bizda muammolar ko‘p, ammo boshqa davlatlarga nisbatan ustunliklarimiz ham bor. Buni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi», — degan davlat rahbari. U, 14 aprel kuni o‘tkazgan "bevosita muloqot"ida Tomsk universitetida tahsil oladigan litvalik talaba qizning ishtirok etganini izohlab shunday fikrlarni bildirgan.

Putinning qayd etishicha, 1990 yillarda Litvada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish chog‘ida 3,5 milliondan ortiq kishi istiqomat qilishi ma'lum bo‘lgan edi. Hozirgi vaqtda, aholi soni uchdan birga qisqargan.

«Latviyadagi vaziyat bundan ayanchli. Estoniyada birmuncha yaxshiroq. Ammo, aholining chiqib ketishi juda jiddiy», — deb ta'kidlagan prezident.

Bu borada Rossiyaga to‘xtalgan prezident, mamlakatga ko‘chib kelayotganlar soni va aholining tabiiy ko‘payishi ko‘rsatkichlari ortib borayotganiga e'tiborni qaratib, ba'zi yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar ajratilayotgani yosh tadqiqotchilar diqqatini tortayotganini qayd etgan.