Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi zilzila oqibatida ko‘prik vayron bo‘ldi
Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan, bir qator zilzilalardan talofat ko‘rgan Kumamoto prefekturasida kuchli yer ko‘chishi oqibatida "Aso" ko‘prigi vayron bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy aholiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Kuro daryosining ikki sohilini bog‘lagan "Aso" ko‘prigi 1971 yilda qurilgan bo‘lib, uzunligi 200 metrni tashkil qilgan. Ko‘prik qulashi oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Ko‘prik hududdagi bosh avtomobil magistrallaridan biri yonida joylashgani sababli unda kunduz kuni qatnov zich bo‘lgan.
Yaponiyada 15 aprelda sodir bo‘lgan, 7,3 magnitudali 2-zilzila oqibatida Kumamotoda 195 ming oila elektr energiyasiz, 105 ming oila esa gaz ta'minotisiz qolib ketgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Kumamotoda 14 va 15 aprelda yuz bergan zilzilalar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, mingdan ko‘proq kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda NHK telekanali. Ko‘plab binolar vayron bo‘lgan.