23:38 / 17.04.2016
1428

Dmitriy Peskov: Putin bilan «jonli muloqot» avvaldan sahnalashtirilmagan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 14 aprelda "jonli muloqot" vaqtida berilgan savollar avvaldan tayyorlanmagan, deb aytdi Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Barchasi sahnalashtirilgani haqidagi tanbehlar mutlaq o‘rinsiz. "Jonli muloqot" borishining o‘zi prezidentning boshlovchilar taklif qilayotgan savollaridan norozi bo‘lganini ko‘rsatdi. Uning o‘zi ko‘rayotgan ma'lumotni tahlil qiladi. U unga ayni vaqtda qiziq bo‘lgan narsa haqida so‘ragan", deb aytdi Peskov.

Peskovning ta'kidlashicha, odamlar bilan prezidentga qanday savol berishlarini istashlari haqida suhbatlashgan jurnalistlar o‘tirgan joylardagi savollargina batafsil tekshirilgan.

14 aprelda Putin bilan o‘tgan "jonli muloqot" 14-marta bo‘lib o‘tdi. Muloqot 3 soat 40 daqiqa davom etgan. Shu vaqt ichida Putin 80 ta savolga javob bergan.

Top