08:16 / 17.04.2016
1549

Fyodor Yemelyanenkoning keyingi raqibi kim bo‘lishi aniqlandi

Braziliyalik jangchi Fabio Maldonado rossiyalik Fyodor Yemelyanenkoning keyingi raqibi bo‘ladi, deb xabar bermoqda bir necha manbalarga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Pride FC versiyasi bo‘yicha og‘ir vaznda MMA bo‘yicha 4 karra jahon chempioni Yemelyanenko

o‘zining navbatdagi jangini 17 iyunda Sankt-Peterburgda o‘tkazadi.

36 yoshli braziliyalikning hisobida 22 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat hamda Mutlaq jang chempionatida (UFC) ishtirok etish bo‘yicha 5 yillik tajriba bor. Oxirgi vaqtlar bu jangchining faoliyati uncha ham muvaffaqiyatli kechmayapti. U oxirgi 4 jangidan 3 tasini yutqazgan. Jangchi oxirgi marta 2014 yil oktabrda g‘alabaga erishgan.

Maldonado Yemelyanenko jang qiladigan 8-braziliyalik jangchi bo‘ladi.

Top