Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyadagi futbol uchrashuvi fanatlarning politsiya bilan to‘qnashuvi bilan yakunlandi
Belgradning "Tsrvena Zvezda" va "Partizan" klublari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi fanatlarning politsiya bilan to‘qnashuvi bilan yakunlandi. Bu haqda 17 aprelda "Bombardir" portali xabar berdi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuv uchrashuvdan oldin ham, o‘yin vaqtida ham sodir bo‘ldi. Stadiondagi tartibsizliklar politsiyachilar to‘qmoq va ko‘zni achishtiruvchi gazli ballonchalar bilan "Tsrvena Zvezda" fanatlari joylashgan tribunaga kirib borgandan keyin boshlangan. Muxlislar fayyerlar yoqishni va politsiyachilarga o‘rindiqlar otishni boshlashgan.
To‘qnashuvlarda muxlislar ham, politsiyachilar ham jarohat oldi. Jarohatlanganlarning aniq soni ma'lum qilinmadi.
Uchrashuv 16 aprelda bo‘lib o‘tib, 1:1 hisobi bilan yakunlandi. 31-turdan keyin "Tsrvena Zvezda" Serbiya chempionatida yetakchilik qilmoqda, "Partizan" esa 3-o‘rinni egallamoqda. Ushbu klublar o‘rtasidagi uchrashuvlar mamlakat futbol muxlislari uchun eng intrigalarga boy qarama-qarshilik hisoblanadi.


