Jahon | 15:21 / 18.04.2016
1937
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston harbiylari mamlakat shimolida 12 nafar jangarini yo‘q qildi

Afg‘oniston shimolida hukumat armiyasi va "Tolibon" jangarilari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuv natijasida kamida 12 nafar jangari o‘ldirilgan. Bu haqda Khama Press Tolo News telekanaliga asoslanib xabar tarqatgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni kechasi tolibonlar Kaharbolak tumani (Balx viloyati) hududidagi politsiya mahkamasiga hujum uyushtirgan. Hukumat kuchlari jangarilardan ustun kelgan va hujumni qaytargan. To‘qnashuv vaqtida hukumat harbiylaridan biri jarohat olgan.