Sport | 22:18 / 18.04.2016
1815
1 daqiqa o‘qiladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi Vardiga qarshi ayblov qo‘ydi
Angliya futbol assotsiatsiyasi «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardiga qarshi ish ochdi.
29-yoshli hujumchi Angliya chempionatining 34-turida «Vest Hem»ga qarshi kechgan uchrashudagi (2:2) nojo‘ya xatti-harakatlari uchun jazolanishi mumkin.
Shuningdek, «Lester» jamoasi rahbariyatiga qarshi ham shu o‘yinning 83-daqiqasida jamoa darvozasiga penalti belgilanganidan keyin futbolchilarning harakatlarini nazorat qilmagani uchun ayblov ilgari surgan.
Futbolchi va klub 21 aprel kuni bu ayblovlarga javob berishi kerak bo‘ladi.
Vardi hakamni haqoratlagani uchun qo‘shimcha diskvalifikatsiya bilan jazolanishi mumkin