Texnologiya | 20:28 / 18.04.2016
1722
1 daqiqa o‘qiladi

Apple’ning birinchi avtomobili Avstriyada ishlab chiqarilishi mumkin

Apple korporatsiyasi o‘zining birinchi avtomobilini ishlab chiqarish uchun Avstriyaning taniqli Magna kompaniyasini jalb qilishi mumkin, deb xabar bermoqda nemis OAVga iqtibos keltirgan holda 9to5Mac portali.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Apple Berlinda bir nechta nemis avtokompaniyalaridan jalb qilingan 20 ga yaqin muhandis mashina yaratish ustida ish olib boradigan "maxfiy laboratoriyani" yaratdi.

Ta'kidlanishicha, Magna yirik avtomobilsozlar uchun cheklangan modellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Misol uchun, Magna kompaniyasi BMW uchun MINI Paceman va Clubman hamda BMW X3 modellarini ishlab chiqargan. Yaqin 6 yil ichida kompaniya BMW uchun 100 mingdan ko‘proq avtomobil ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Apple avtomobili ishlab chiqarish uchun Avstriya yoki Germaniya tanlanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish