Jahon | 22:13 / 18.04.2016
1261
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa yana 200 nafar harbiy yuboradi

AQSh Iroqqa maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan qo‘shimcha 200 askar va bir nechta jangovar Apache rusumli vertolyotlarini yuboradi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter ma'lum qildi.

Pentagon rahbari yangi kuchlar asosan Iroq armiyasini IShID bilan kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanishini aytdi.

The Independent nashri xabariga ko‘ra, Karter bu haqda Iroqqa rejalashtirilmagan safari davomida aytib o‘tgan.

AQSh delegatsiyasidagi manbalarning aytishicha, muzokaralarda gap IShID nazoratida bo‘lgan Mo‘sul shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiyada Iroq qurolli kuchlariga yordam berish haqida boradi.

"Mo‘sul uchun jang Iroq kampaniyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Uning ozod etilishi Iroqdagi urushning tugashini anglatadi. Biz tajovuzkorroq bo‘lishimiz kerak, buni Iroq ham bizdan so‘ramoqda", deb aytgan AQSh mudofaa vazirligining yuqori lavozimdagi vakili.

2015 yilning dekabrida Iroq qo‘shinlari jangarilardan Ramadi shahrini ozod etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish