Jahon | 09:29 / 18.04.2016
1465
1 daqiqa o‘qiladi

Armani’ga maxsus fond egalik qiladi

Giorgio Armani S.p.A.(Italiya moda kompaniyasi) prezidenti Jorjio Armani, o‘z kompaniyasini maxsus tashkl etilgan jamg‘arma ixtiyoriga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Vedomosti» nashri xabar bergan.

«Yillar o‘tishi bilan kompaniyani boshqarishning turli usullari paydo bo‘lishi mumkin. Mening fikrimcha, maxsus fond tashkil etish eng maqbul yo‘ldir. Ammo, jamg‘arma kompaniya faoliyati bilan bevosita shug‘ullanmay, yuridik nuqtai-nazardan biznesning borishini nazorat qilib turadi», — deya aniqlik kiritgan modeler.

Armanining aytishicha, kompaniya boshqaruviga ijodiyot va tijorat sohasida iqtidorli kishilarni shaxsan o‘zi tanlab oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish