Sport | 09:17 / 18.04.2016
1200
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» joriy mavsumda faqat bitta derbida yutdi va bu borada 53 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi

Angliya chempionatining 34-turida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda «Arsenal» 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Bu «Arsenal» uchun joriy mavsumdagi so‘nggi London derbisi edi. Shu tariqa jamoa joriy mavsumda APL doirasidagi faqat bitta derbidagi g‘alabasi qayd etildi (2015 yilning avgustida «Kristal Pelas» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan). «Vest Hem»ga qarshi esa 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat va 3:3 hisobidagi durang qayd etildi. Shuningdek, jamoa «Chelsi» (0:2, 0:1), «Tottenhem» (1:1, 2:2) jamoalariga qarshi derbilarda zafar qucha olmadi.

Bu esa «Arsenal»ning 1963/64 yillar mavsumidan buyon bu borada ko‘rsatgan eng yomon natijasi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish