Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» 2003 yilning fevralidan buyon ilk marta Primerada qatorasiga 3ta o‘yinda yutqazdi
«Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 33-turida «Kamp Nou» stadionida «Valensiya»ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar 2003 yilning fevralidan buyon ilk marta Primerada ketma-ket uchta o‘yinda yutqazdi. Chempionlar ligasi o‘yinlari ham hisobga olinadigan bo‘lsa, «Valensiya» so‘nggi besh o‘yinidan to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi.
«Barselona» hisobida 76 ochko qolmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Atletiko»da ham xuddi shuncha. Madridliklar to‘plar nisbati tufayli ikkinchi o‘rinda joylashgan. «Real» 75 ochkosi bilan bu jamoalarni ta'qib etmoqda.
Messi «Valensiya»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yinda o‘z faoliyatidagi 500-golini urdi.