Sport | 16:20 / 18.04.2016
1798
1 daqiqa o‘qiladi
Danni jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi
«Zenit» jamoasi sardori Danni Rossiya chempionatining 24-turida «Spartak»ka qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.
32 yoshli portugaliyalik futbolchi tizza sohasidan jarohat olgan. Bundan tashqari, unda tizza qismidagi paylar shikastlangani gumon qilingan.
Qayd etish kerakki, Danni bungacha ham ikki marta o‘ng tizzasida jiddiy jarohatni boshidan kechirgandi.