YeI Google kompaniyasini 7 mlrd dollar miqdorida jarimaga tortishi mumkin
Yevropa antimonopoliya xizmati raisi Margrete Vestager Google kompaniyasining smartfon ishlab chiqaruvchilari va aloqa operatorlari bilan bitimlari taftish qilinishini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Kompaniya Android operatsion tizimini ilgari surish va rivojlantirish yo‘lida imtiyozlarini suiiste'mol qilganlikda gumonlanmoqda.
Vestagerning so‘zlariga ko‘ra, yirik kompaniyalar o‘zlarini innovatsiyalar evaziga himoya qilmasligi kerak. O‘tgan yili ham YeI antimonopoliya komissiyasi Google kompaniyasiga nisbatan surishtiruv ishlarini olib borgan edi. Bunga smartfon va planshet ishlab chiqaruvchilarni Google tizimiga raqobatdosh bo‘lgan Android versiyalarini ishlab chiqish va o‘rnatishiga to‘sqinlik qilishda gumon qilinishi sabab bo‘lgandi.
Agar YeI komissiyasi qoidabuzarlikni isbotlay olsa, Google’ga 7,4 milliard dollar jarima yoki 2015 yilgi daromadlardan 10 foiz chegirma xavf soladi.