19:36 / 18.04.2016
1481

Yelizaveta II AQShdan kelgan sayyohlar bilan hazillashdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II uni tanimagan amerikalik sayyohlar bilan hazillashdi. Daily Mail'ning xabar berishicha, bu haqida Hazrati Oliyalarining sobiq qo‘riqchisi Richard Griffit ma'lum qilgan.

Griffitning so‘zlariga ko‘ra, qirolicha Shotlandiyadagi Balmoral qarorgohi yaqinida sayr qilib yurgan. U odmi kiyingan, boshida ro‘mol bo‘lgan. Bir guruh amerikalik sayyohlar qirolichaga duch kelganlarida, uni tanishmagan.

"Shu yaqin atrofda yashaysizmi?", - deb so‘radi hech narsadan xabari yo‘q sayyoh.

So‘ng undan qirolichani ko‘rgan-ko‘rmaganligiga qiziqishadi. Yelizaveta II "Yo‘q, men ko‘rmaganman, ammo u ko‘rgan", - deb yonidagi soqchiga ishora qiladi.

Top