O‘zbekiston | 19:31 / 18.04.2016
1681
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 800 ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta'minlash ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatan ozodligi va sha'nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma'rifiy-badiiy kechalar o‘tkazish yuklatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish