Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga, 33-tur. «Atletiko» «Granada»ni yirik hisobda yengdi va «Barselona»ga yetib oldi
Ispaniya chempionatining 33-turida avvaliga «Real» safarda «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etib qaytgandi.
17 aprel kuni turnir jadvalidagi yana 2 peshqadam jamoalar, «Barselona» hamda «Atletiko» o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.
«Barselona» «Valensiya»ga qarshi o‘yinda Ispaniya chempionatidagi qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
«Atletiko» o‘z maydonida «Granada»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu 3 ochkodan keyin madridliklar «Barselona» bilan bir xil ochko to‘plagan - 76ta.
Kataloniyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘ringa joylashishgan. «Atletiko» esa mavsum davomida eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa — 16 ta. «Barselona» o‘z darvozasidan 27ta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, «Real»da bu ko‘rsatkich 30 tani tashkil etadi.
«Qirollik klubi» 33 turdan keyin 75 ochkoga to‘plab, uchinchi o‘rinda joylashgan.
Atletiko – Granada 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 15 Koke, 2:0 – 59 Torres, 3:0 – 83 Korrea.
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Koke (Oliver Torres, 75), Gabi, Ferreyra Karrasko (Fernandes, 55), Saul, Grizmann (Korrea, 63), Torres.
Granada – Fernandes, Baben, Biragi, Lopesh (Fulke, 46; Riko, 71), Koshta, Dukure, Krxin (Barral, 63), Peres, Kuenka, Rochina, Penyaranda.
Ogohlantirishlar: Dukure (28), Penyaranda (38), Biragi (46), Gabi (50), Barral (73), Rochina (74), Fernandes (81), Oliver Torres (88).
Rayo Valekano – Vilyarreal 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Gerra, 1:1 – 20 Adrian, 2:1 – 81 Miku.
Rayo Valekano – Xuan Karlos, Ze Kashtru (Xosabed, 68), Krespo (Amayya, 48), Lorente, Marin, Trasorras, Ernandes, Tito, Bebe (Manushu, 81), Miku, Gerra.
Vilyarreal – Areolya, Bayi, Marin, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos, Trigeros, Suares (Rodri Ernandes, 72), Pedrasa (Matias Nauel, 61), Adrian (Bakambu, 68), Baptistao.
Ogohlantirishlar: Gerra (56), Marin (59), Amayya (67), Mario Gaspar (71), Matias Nauel (80).
Sevilya – Deportivo 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 21 Iborra, 1:1 – 81 Riyera.
Sevilya – Riko, Koke, Kolodzeychak, Eskudero, Karrisu, Banega, Iborra (Nzonzi, 74), Kristoforo, Reyyes (Kurro, 60), Konoplyanka, Lorente (Munos, 65).
Deportivo – Fernandes, Luizinyu (Kani, 46), Sidney, Lopo, Xuanfran, Borxes, Moskera, Luis Alberto (Riyera, 52), Fajr, Peres, Navarro (Guterres, 76).
Ogohlantirishlar: Lopo (61), Karrisu (68), Kurro (70), Riyera (84).
Malaga – Atletik 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 53 Raul Garsiya.
Malaga – Ochoa, Albentosa, Rikka, Torres, Veligton (Atsu, 70), Anor, Kamacho, Resio (Fornals, 61), Chori Kastro, Chop (Santa Krus, 79), Sharles.
Atletik – Iraysos, Inigo Lekue (De Markos, 76), San Xose, Balensiaga, Gurpegi, Raul Garsiya (Echeyta, 80), Iturraspe, Muniain (Benyat, 69), Mikel Riko, Boveda, Vigera.
Ogohlantirishlar: Muniain (26), Resio (26), Torres (33), Boveda (57), Veligton (60), Gurpegi (66), Raul Garsiya (80), Mikel Riko (84).

La-Liga, 33-tur. «Selta» «Betis» bilan durang o‘ynadi va boshqa natijalar