Sport | 21:33 / 18.04.2016
1367
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» Angliyada uzun paslardan eng ko‘p foydalanadigan jamoa ekani ma'lum bo‘ldi

CIES Football Observatory agentligi kuchli beshlikdagi jamoalarning uzun paslardan foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

APLda yetakchilik qilayotgan «Lester» bu borada Angliyadagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan: jamoaning jami uzatmalarining 6,9 foizi uzun paslardan iborat.

«Lester» Yevropa miqyosida bu borada faqat bundesliga vakillari – «Darmshtadt» (10,7 foiz) va «Ingolshtadt» (7,8 foiz) jamoalaridan ortda qolgan. Bu jamoalar ayni vaqtda Germaniya chempionatining 9 va 10-o‘rinlarini band etib turibdi.

Ispaniyada bu boradagi yetakchilik «Eybar»ga tegishli (6,6 foiz), Italiyada esa «Frozinone» jamoasi eng ko‘p miqdorda uzun paslardan foydalanadi (6,3 foiz), Fransiyada «Bastiya» (6,2 foiz).

O‘z chempionatlarida uzun paslardan eng kam miqdorda foydalanadigan jamoalar «PSJ» va «Bavariya» (1,1 foizdan), «Barselona» (1,4 foiz), «Yuventus» (1,6 foiz) hamda «Manchester Siti» (2,4 foiz) bo‘lib chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish