Sport | 15:06 / 18.04.2016
2123
2 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike «Valensiya»ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida jurnalistga qo‘pollik qilgan

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike «Valensiya»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida jurnalistlardan birining savoliga qo‘pollik bilan javob qaytargan.

Ma'lum qilinishicha, Diario Gol nashri muxbiri Viktor Malo murabbiydan jamoada aprel oyida kuzatilayotgan inqirozni izohlashini so‘ragan.

Lekin Enrike jurnalistning ustidan kulgan.

«Sening familiyang qanaqa? Malomi? Barchasi tushunarli», degan u.

Ma'lumot uchun, "Malo" so‘zi ispanchadan tarjima qilinganda "yomon" ma'nosini anglatadi.

«Barselona» mavsum davomida o‘z ta'qibchilaridan katta farq bilan oldindo bordi. Keyingi 3ta turdagi ketma-ket mag‘lubiyat tufayli esa bu ustunlik boy berildi. Endilikda jamoa chempionlikka erishish uchun qolgan turlarda ochko yo‘qotmasligi talab etiladi.

33-tur o‘yinlaridan keyin, «Atletiko»«Barselona»ga yetib oldi. Kataloniyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘ringa joylashishgan. «Real» 75 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda ketmoqda.