Jamiyat | 19:21 / 18.04.2016
1867
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda odam o‘ldirib qo‘ygan ikki zo‘ravon qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Karmana tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent mahallasida ikki zo‘ravon bir kishini urayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari voqea joyiga yetib borib, shu tumanda yashovchi A.A. va B.S. mast holda H.Komiljonni to‘mtoq jism bilan urayotgani ustidan chiqishdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Xodimlar zo‘ravonlarni qo‘lga olib, jabrlanuvchiga yordam berishga shoshilishgan. Lekin jabrlanuvchi olingan tan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari davom etmoqda.