Fan-texnika | 21:14 / 18.04.2016
2416
2 daqiqa o‘qiladi

Nike Aston Martin avtomobili sharafiga timsoh terisidan tayyorlangan krossovkani taqdim etdi

Nike kompaniyasi Cooper (och jigarrang) rangidagi Air Jordan 17+ krossovkalar modelini qayta ishlab chiqardi. Bu haqida «Lenta.ru» sayti 18 aprel kuni tahririyatga kelgan press-relizga asoslanib, xabar bergan.

Dizaynerlar bu modelni yaratish chog‘ida Aston Martin avtomobili va jaz sadolaridan ilhom olishgan.

Krossovkalarning tovon va old qismi timsoh terisidan tikilgan bo‘lib, bog‘ichlar teshigi va poshna qismiga kuper rangidagi mis buyumidan ishlov berilgan.

Sport oyoq kiyimi hozirda Moskva va Sankt-Peterburgdagi Street Beat do‘konlarida sotuvga qo‘yilgan. Narxi — 303 dollar.

Air Jordan dizayni Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ilk bora bu krossovkani amerikalik basketbolchi Maykl Jordan kiygan. Air Jordan 1 birinchi marta 1985 yilda qizil-qora bo‘yoqlarda – Chicago Bulls jamoasining ramziy rangida ishlab chiqarilgan. Unga qadar, barcha basketbolchilarning oyoq kiyimlari oq rangda bo‘lgan.

Jordan shartnoma bo‘yicha bu krossovkani har bir matchda kiyishi kerak bo‘lgan, biroq Liga uning rangini juda ham yorqin deb hisoblab, sportchiga maydonda bu oyoq kiyimida o‘ynashiga ruxsat bermagan.

Nike kompaniyasiga 1964 yili AQShda asos solingan va avvaliga u Blue Ribbon Sports deb nomlangan. Uning bosh idorasi Oregon shtatidagi Biverton hududida joylashgan.