Jahon | 16:57 / 18.04.2016
2262
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda kamon o‘qi bilan 11 yoshli bolaning boshidan otishdi

Rossiyaning Peterburg shahri tergovchilari boshidan yaralangan 11 yashar bola bilan bog‘liq voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yuborishdi. Bu haqda shahar tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea Sankt-Peterburgdagi Michurin ko‘chasi, 14 uyda, 17 aprel kuni sodir bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, bola og‘ir holatda shifoxonaga yotqizilgan.

"Aniqlanishicha, kamon otish bo‘yicha shug‘ullanuvchi 16 yoshli sakkizinchi sinf o‘quvchisi hovlida mashq qilayotgan bo‘lgan. Ma'lum bir vaqt o‘tgach, jabrdiyda nishonga yaqinlashadi va undagi o‘qlarni olmoqchi bo‘ladi. Ayni shu damda sakkizinchi sinf o‘quvchisi nishonga qarata o‘q uzib yuboradi va bu nishon yonida turgan 11 yoshli bolaning yaralanishiga olib keladi”, — deyiladi tergov qo‘mitasi taqdim etgan ma'lumotda.

O‘q otuvchi bu ishini atay qilganmi yoki tasodifmi bunga oydinlik kiritilmagan.