Jahon | 17:16 / 18.04.2016
1507
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda terrorizm uchun qamalganlar boshqa mahbuslardan alohida xonalarda saqlanadi
Qirg‘izistonda terrorizm uchun qamoqqa tashlanganlar boshqa mahbuslardan alohida qilinadi. Mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev shu haqdagi qonunni 18 aprel kuni imzolangan.
Bu qonun shu yilning mart oyida parlament muhokamasida bo‘lgandi va u prezident imzolashidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.
"Bu qonundan maqsad qamoqxonalarda terrorizm targ‘iboti yo‘lga qo‘yilishidan saqlanish hisoblanadi", deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatdan Suriya va Iroq hududidagi terroristik guruhlar tarkibiga borib qo‘shilish uchun 508 kishi yo‘l olgan. Ularning chorak qismi ayollardir.
Bundan oldinroq, bir qator siyosatchilar bunday shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish taklifi bilan chiqqandi.