14:05 / 18.04.2016
3054

Qozog‘istonda avtomobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichi tushib ketdi

Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligi statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil birinchi choragida yengil avtomobillar ishlab chiqarish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 92,2 foizga tushib ketgan. Shu davr ichida 428 dona yengil mashina ishlab chiqilgan.

Yuk avtomobillari borasida ham 14,2 foizlik pasayish qayd etilib, hisobot davrida 247 dona mashina ishlab chiqilgan, deb xabar qilmoqda "Trend" nashri.

Qozog‘istonda 3ta yirik avtomobil ishlab chiqaruv quvvatlari faoliyat yuritadi. "Osiyo Avto", "Saraarka Avtoprom" va "Agromashxolding" kompaniyalarida Kia, Chevrolet, Skoda, Hyundai, SsangYong, Peugeot va boshqa shu kabi brendlar ostida avtomobil ishlab chiqariladi. 2015 yilda mamlakatda jami 12,45 mingta yengil, 1,66 ta yuk mashinalari ishlab chiqarilgan.

Bunda, Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yangi mashinalarga bo‘lgan talab tushib ketmoqda, xususan, 2016 yil ilk ikki oyi mobaynida dilerlar 6991 dona avtomobil sotishgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 foizga kam demakdir.

2015 yilda esa, Qozog‘istonda faoliyat yurituvchi rasmiy dilerlar savdosi 2014 yil bilan taqqoslaganda 40,4 foizga pasayib, 97,45 mingta mashina sota olishgan xolos.

Top