Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» ertaga g‘alaba uchun kurashadi
Osiyo chempionlar ligasi 5-turida Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida BAAning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullayev ishtirok etdi.
“Ertaga jamoamiz g‘alaba uchun kurashadi. Raqibimiz kuchli va jiddiy. Ammo imkoniyatlar teng. Omad kim tomonda bo‘lsa, uch ochkoga ega bo‘ladi. Tarkibda yo‘qotishlar bor. A'zamov ikkita sariq olganligi uchun va Shomurodov jarohati bois, ular ertaga yordam bera olmaydi. "Al Ayn" yaxshi shakllangan, kuchli legionerlarga ega jamoa hisoblanadi. Jamoa tarkibida faqat legionerlar emas, balki BAAning eng kuchli futbolchilari ham jamlangan. Ertaga ortiqcha bosimsiz harakat qilish kerak. O‘yinchilarimizga xotirjam harakat qilishlari kerakligini tushuntirdim. Uzoqdan zarba berish? Imkon darajada buni tushuntiramiz. Raqib ham bunga imkon bermaslikka harakat qilishi turgan gap. "Al-Ayn" hujumchilari qarshi hujumda o‘ta xavfli. Ularni kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib, yigitlarga tushuntirishga urindik. Yigitlar o‘yin davomida aynan ularning yetakchilariga imkoniyat bermagan holda, o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishlarini uqtirdik”, – deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
Ertanga o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Yorug‘ yuz bilan o‘yinni yakunlashga harakat qilamiz. Biz uchun boshqa yo‘l yo‘q, – deya qo‘shimcha qildi Dilshod Rahmatullayev.
Manba: www.fcnasaf.uz