Jamiyat | 18:30 / 18.04.2016
7649
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistonida cho‘l kaltakesagi tufayli parvoz kechiktirildi
Saudiyalik uchuvchi uchish chizig‘i yaqinida cho‘l kaltakesagi yurganini ko‘rib, parvozni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqida Yemirates 24/7 nashri ma'lum qildi.
Al-Qasim shahridagi aeroportdan uchib ketishi kerak bo‘lgan samolyot yo‘lovchisi bo‘lgan ayol yo‘lovchi mobil telefonidan sudralib yuruvchini suratga tushirgan va uni bort kuzatuvchisiga ko‘rsatgan. U esa o‘z navbatida uchuvchiga bu haqida xabar bergan.
Shundan so‘ng, ekipaj kapitani yo‘lovchilarga bu kaltakesak haqida ma'lumot bergan.
Uchuvchi samolyotning orqa tomoniga kelgan va uchish chizig‘idagi cho‘l kaltakesagini ko‘rgan. U politsiyachilar kelib, kaltakesakni olguniga qadar kutib, parvozni kechiktirgan. Kaltakesakning qanday qilib bu yerga kelib qolgani noma'lum.